Eng yaxshi bajarilish siyosati

CXM mijozlar tomonidan eng yaxshi bajarilishni ta’minlash bo‘yicha katta ishonchga sazovor bo‘lgan. CXM mijozlarning buyurtmalarini kompaniyamizning akkreditatsiyadan o‘tgan likvidlik yetkazib beruvchilari tomonidan taqdim etilgan eng yaxshi narxlarda bajaradi.

Eng yaxshi bajarilish siyosati

CXM (keyingi o‘rinlarda — «CXM» yoki «Kompaniya») chakana va professional mijozlar («mijozlar») uchun quyidagi instrumentlar bo‘yicha, asosan, avtomatlashtirilgan va maslahatlarni o‘z ichiga olmagan buyurtma bajarish xizmatlarini taqdim etadi:

CXM mijozlari savdolarni eng yaxshi shartlarda amalga oshirish bo‘yicha kompaniyaga katta ishonch bildiradilar. CXM mijozlarning buyruqlarini akkreditatsiyadan o‘tgan likvidlik provayderlari taklif qilgan eng yaxshi narxlarda bajaradi. Tizim mavjud bo‘lgan eng qulay narxni avtomatik ravishda tanlaydi va uni mijozlarga onlayn platformada namoyish etadi.

CXM buyruqlarni bajarishda narx, xarajat va bajarilish tezligi kabi omillarni asosiy mezon sifatida ko‘radi.

Savdo platformasi


CXM mijozlari quyidagi savdo platformalaridan (“platforma”) foydalanib savdo faoliyatini amalga oshirishlari mumkin:

  • MetaTrader 4
  • MetaTrader 4 Mobile
  • MetaTrader 4 Web
  • MetaTrader 5
  • MetaTrader 5 Mobile

Savdo har bir vosita uchun platformada alohida belgilanadigan savdo vaqtlaridagi cheklovlarni inobatga olgan holda amalga oshiriladi.

Savdo maydonchalari (Execution Venues)
Kompaniya, shuningdek, mijozlarning tranzaksiyalarini qabul qilib, ularni boshqa nufuzli likvidlik provayderlariga uzatadigan vositachi sifatida faoliyat yuritadi.

Narx

CXM barcha mahsulotlari bo‘yicha mijozlarga real vaqt rejimidagi ikki tomonlama kotirovkalarni taqdim etadi, ular CXM platformasida mavjud. Kompaniya mijozlarga tezkor, ishonchli va uzluksiz narxlarni ta'minlashga intiladi.

Bir provayderga qattiq bog‘lanib qolmaslik uchun, CXM barcha savdo vositalari bo‘yicha xоmaki (qayta ishlanmagan) narx ma’lumotlarini o‘zining likvidlik provayderlari (“LP”lar) va ma’lumot yetkazib beruvchilaridan— bular banklar, ko‘p tomonlama savdo maydonchalari (MTFlar), ijrochi- brokerlari va boshqalarni o‘z ichiga oladi.

Har bir LP ulanishdan avval sinchkovlik bilan tekshiriladi, risklarni boshqarish va muvofiqlik bo‘limlari esa ularning CXM mijozlariga eng yaxshi va ishonchli narxlarni taklif qila olishiga ishonch hosil qilish uchun tekshiruv o‘tkazadi. LPlar va barcha ma’lumot manbalari risklarni boshqarish bo‘limi tomonidan muntazam ravishda qayta ko‘rib chiqiladi.

Qayta islanmagan narx ma’lumotlarining asosiy vazifasi, CXM saytida e’lon qilingan maqsadli va o‘rtacha spredlarga muvofiq holda, mijozlarga barqaror va izchil kotirovkalar oqimini ta’minlash bo’lgan CXMning narxni harakatlantiruvchi vositalariga yuboriladi

Kamdan-kam hollarda, mijoz kompaniya tizimi orqali savdo amalga oshira olmaganida (masalan, internet aloqasi bilan bog‘liq muammolar tufayli), CXM mijozlarga telefon yoki elektron pochta orqali ko‘rsatmalar yuborishga ruxsat beradi. Telefon orqali mijoz ko‘rsatmalarini bajarishda, CXM mijoz platforma orqali savdo qilayotgandek kotirovka taklif qilishga intiladi, biroq bu jarayonda telefon yoki elektron pochta orqali qo‘lda bajariladigan savdolar bilan bog‘liq bo‘lgan kechikishlar e’tiborga olinadi.

CXM mijoz o‘z harakatini aniq bildirganidan so‘ng, savdoning bajarilganini darhol tasdiqlaydi. Agar savdo telefon orqali tasdiqlangan bo‘lsa, mijoz yozma tasdiqni so‘rash huquqiga ega.

Narxlar
Spredlar va komissiyalar — CXM mijozlari uchun asosiy xarajat moddalari hisoblanadi va kompaniya ularni Forex va CFD bozorining boshqa ishtirokchilari bilan solishtirganda har doim oqilona va raqobatbardosh darajada saqlashga intiladi (masalan, spredlar CXM xavf boshqaruvi bo‘limi tomonidan doimiy nazorat qilinadi). CXMda buyurtmani bajarish jarayonida mijoz tomonidan qilinadigan xarajatlar spred va komissiyaga bog‘liq bo‘ladi. Spredlar dinamik bo‘lib, ular likvidlik va bozor volatilligi kabi bir nechta faktorlarga bog‘liq. Mijozlarga CXM bilan savdoni boshlashdan oldin ushbu xarajatlarni to‘liq tushunish tavsiya etiladi.

Tezlik, hajm va bajarilish ehtimoli


CXM mijozlari darhol bajarilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar, bu esa mijoz ekranida narxni ko‘rsa, aksariyat hollarda bitim aynan shu narxda amalga oshadi, deganidir. CXM likvidlik yetkazib beruvchilari har bir savdo vositasi uchun belgilangan maksimal bitim hajmigacha bo‘lgan savdo buyurtmalarini qayta ishlashga tayyor. Har bir savdo platformasida shartnomalar tavsiflarida maksimal bitim hajmi ko‘rsatilgan bo‘ladi. CXM har bir vosita bo‘yicha mijozlar uchun mavjud maksimal bitim hajmini belgilaydi. Buyurtma turidan qat’i nazar, agar buyurtma hajmi bajarilish vaqtida mavjud hajmdan oshib ketsa, CXM har qanday buyurtmani VWAP (hajm bo‘yicha o‘rtacha narx) bo‘yicha bajaradi. Mavjud hajmga qarab, CXM mijozlari o‘z buyurtmalarining kamroq foydali narxda bajarilish hollarini kuzatishlari mumkin. Biroq har qanday holatda ham CXM narx og‘ishlariga (proskalzivanie) katta e’tibor beradi va agar bozor mijoz foydasiga harakat qilsa, ijobiy narx og‘ishini mijozga o‘tkazadi.

Eng yaxshi bajarilishni monitoring qilish


CXM o‘zining "narx"larini bozor narxlari bilan taqqoslab, ichki nazorat mexanizmlari va tashqi provayderlarning yechimlari orqali doimiy ravishda kuzatib boradi. Narxlar, bajarilish vaqtida, bozor narxiga va asosiy vositaga nisbatan belgilangan chegaralar doirasida nazorat qilinadi.


Agar asosiy vositalar birjada emas, balki OTC (birjadan tashqari) tarzda savdo qilinsa, masalan Forex va metallar kabi, spred bu asosiy omil hisoblanadi. CXM raqobatbardosh narx taqdim etilishini ta'minlash uchun spredni kuzatib boradi. Bunda quyidagi ko‘rsatkichlar past, normal va yuqori volatillik davrlari uchun inobatga olinadi: narxlar oqimidagi kechikish, kotirovkalarni yangilash chastotasi va buyurtmalar kitobining yuqori darajasida narxlarning to‘liqligi.

Buyurtmalarni agregatsiya qilmaslik

CXMning umumiy amaliyoti — mijozlarning buyurtmalarini boshqa mijozlarning buyurtmalari yoki kompaniya nomidan amalga oshiriladigan har qanday bitimlar bilan birlashtirmaslikdir.

Mijozlarni himoya qilish


CXM eng yaxshi bajarilishni ta’minlashiga qaramay, kompaniya o‘z mijozlarini doimiy himoya qilish uchun qo‘shimcha choralarni joriy qilgan. CXM tizimlari mijozlarga avtomatik ravishda bazaviy himoya mexanizmlarini ham taqdim etadi.

Stop Loss buyurtmalari

Mijozlar “stop loss” va “trailing stop loss” buyurtmalaridan foydalanishlari mumkin. Bu ularga yo‘qotishlarni cheklash maqsadida pozitsiya yopiladigan darajani mustaqil belgilash imkonini beradi. Bunday buyurtmalar har doim ochiq pozitsiya yoki kechiktirilgan buyurtma bilan bog‘liq bo‘ladi.

Manfiy balansdan himoya

CXM barcha chakana mijozlarga manfiy balansdan himoya taqdim etadi. Bu, mijozlar hech qachon qo‘ygan mablag‘idan ko‘proq yo‘qotmasligini anglatadi. Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun CXMning manfiy balansdan himoya Siyosati bilan tanishing.

Shartlarni suiiste’mol qilish


Agar CXM mijoz (yoki mijozlar) kompaniya siyosati shartlaridan g‘arazli ravishda foydalangan yoki foydalnishga uringan deb hisoblashga asosga ega bo‘lsa, kompaniya o‘z xohishiga ko‘ra manfiy balansdan Himoya xizmatini taqdim etmaslik, ushlab qolish, bekor qilish yoki to‘xtatib qo‘yish huquqini o‘zida saqlab qoladi va zarur hollarda quyidagilarni amalga oshiradi:
● mijozning tegishli hisob(lar)idan zarur deb hisoblagan xarajatlarni ushlab qolish, bekor qilish va yechib olish;
● mijozning kompaniya xizmatlariga kirishini cheklash va/yoki kompaniya bilan mijoz o‘rtasidagi xizmat ko‘rsatish shartnomasini bekor qilish;
● mijozning hisob(lar)ini bloklash va kompaniya tomonidan suiiste’mol qilish natijasida olingan deb hisoblangan taklif summasi hamda foydani chegirgandan so‘ng qolgan ishlatilmagan mablag‘ni mijozga o‘tkazishni tashkil etish.

Masalan: g‘arazli xatti-harakatlarga kompaniyaning bajarish shartlari yoki dasturiy ta’minotdagi texnik cheklovlardan foyda olish maqsadida buyurtmalarni ataylab bajarish kiradi. Sessiya tanaffusidan oldin katta pozitsiyalarni ochib, bozor ochilishi vaqtida nomutanosib foyda olish maqsadida harakat qilish — bu ham g‘arazli xatti-harakat hisoblanadi.

Toksik savdo
CXM o‘zining likvidlik yetkazib beruvchilarini “toksik oqim”dan himoya qilish maqsadida buyurtmalarning bajarilishini doimiy ravishda kuzatib boradi. “Toksik oqim” deganda mijoz tomonidan bozor imkoniyatlaridan emas, balki likvidlik yetkazib beruvchilarning bajarish xususiyatlari yoki dasturiy ta’minotdagi texnik cheklovlardan foyda olish maqsadida buyurtmalarni ataylab manipulyatsiya qilish tushuniladi. Toksik savdo alomatlari aniqlangan holda, CXM bozor yoki likvidlik sharoitlaridan kelib chiqib, hech qanday oldindan ogohlantirishsiz va o‘z xohishiga ko‘ra tegishli akkauntlar uchun bajarish parametrlarini o‘zgartirish huquqini o‘zida saqlab qoladi. Bu esa bajarilish vaqti hamda narxiga sezilarli darajada ta’sir qilishi mumkin.

Avtomatik majburiy yopilish (Stop Out)


CXM mijozlarni yo‘qotishlardan himoya qilish maqsadida minimal marja talablari asosida avtomatik Stop Out darajalarini belgilaydi. Agar ochiq bitim davomida hisobning sof qiymati talab qilinadigan marjaning 30% darajasiga yetadigan bo‘lsa, pozitsiyalar eng katta zarar keltirayotganidan boshlab yopiladi va bu jarayon hisobdagi sof kapital zarur darajaga yetguncha davom etadi.

Manfaatlar to‘qnashuvini oshkor qilish


CXM o‘zining chakana va professional mijozlarga, eng yaxshi bajarilishni ta’minlaydi, bunda avtomatik bajarish mexanizmi mijozlarning buyurtmalari o‘rtasida farq qilmaydi. Farqlar, asosan, mijozning xavfga moyilligiga qarab yuzaga kelishi mumkin. Masalan, professional mijozlar chakana mijozlarga nisbatan yuqoriroq xavf darajasini yoki kredit yelkasi darajasini tanlashlari mumkin.

200+ CFD vositalari – 8 ta aktiv sinfi
Ajoyib savdo shartlari

Regulyatsiyalangan broker bilan ishonch bilan savdo qiling. O‘zingizga mos CXM hisobini oching va haqiqatan ham noyob savdo tajribasining afzalliklaridan bahramand bo‘ling.
A’LO FIKRLAR
trust pilot logo
vix
VIX
17.36 / 17.98
gbpusd
GBPUSD
1.34286 / 1.34291
eurusd
EURUSD
1.16422 / 1.16425
us
US30
44037.05 / 44039.15
nas
NAS100
23446.30 / 23447.80
ger
GER30
24227.20 / 24230.50
xauusd
XAUUSD
3393.25 / 3393.30
xagusd
XAGUSD
38.339 / 38.350
ethusd
ETHUSD
3903.10 / 3905.01
btcusd
BTCUSD
116515.00 / 116560.10
ukoil
USOIL
63.027 / 63.061
ukoil
UKOIL
66.023 / 66.072